Kompaniya haqida

MAN markazi Toshkentda

Toshkentdagi zamonaviy MAN dilerlik va servis markazi MAN, Sinotruk rusumidagi bir qator yuk avtomobillarini va UzAutoTrailer rusumli tirkamalarini taklif etadi. 2009 yilda MAN kompaniyasi Xitoyning Sinotruk (CNHTC - China National Heavy Duty Truck Group Company Limited) kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, uning 25%+1 ulushdagi aksiyadoriga aylandi, natijada MAN texnologiyalarini Sinotruk kompaniyasi o‘z zavodlarida dvigatellar, o‘qlar va kabinalar ishlab chiqarish uchun joriy etishga muvaffaq bo‘ldi. 

MAN servis markazi Yevropaning MAN, Volvo, Mercedes-Benz, Scania, DAF, IVECO, Renault va boshqa rusumli yuk avtomobillarni ta’mirlash-texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Avtomobillarni ta’mirlash yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Biz mijozlarimizga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmatlarning keng turini taklif etamiz.

MAN markazi tijorat avtomobillari uchun ehtiyot qismlarni yetkazib beruvchi yirik korxona hisoblanadi. Ehtiyot qismlar do‘koni xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarga ega. MAN, Volvo, Mercedes-Benz, Scania, DAF, IVECO, Renault va boshqa yuk avtomobilarining 10 mingdan ortiq nomdagi ehtiyot qismlari 830 kvadrat metr maydonga ega yirik omborda jamlangan.